SQB.Nova platformasi AI Tech Summit 2026 da taqdim etildi

"O'zsanoatqurilishbank" (SQB) sun'iy intellektni joriy etish bo'yicha o'z yondashuvi va amaliy natijalarini AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida taqdim etdi.
SQB nomidan bank Boshqaruv raisi maslahatchisi Sergey Kozlov "AI-transformatsiya va SQBning AI-Driven bankini shakllantirish" mavzusida ma'ruza bilan chiqish qildi.
Taqdimotning asosiy mavzusi - SQB.Nova korporativ AI-platformasi bo'ldi. U generativ va prediktiv AI, ovozli texnologiyalar, hujjatlarni qayta ishlash, ML-modellar va korporativ ma'lumotlarni yagona texnologik muhitda birlashtiradi.
Asosiy maqsad - AIni bankning kundalik jarayonlariga tizimli tarzda integratsiya qilish, alohida pilot loyihalardan sun'iy intellekt texnologiyalarini kompleks qo'llashga o'tish.
"Har bir yangi AI yechim allaqachon yaratilgan texnologik imkoniyatlardan foydalanishi va keyingi loyihalar tezroq hamda samaraliroq amalga oshirilishiga xizmat qilishi kerak", - ta'kidladi Sergey Kozlov.
Konferensiya davomida shuningdek AI texnologiyalarini O'zbekiston va Markaziy Osiyo sharoitlariga moslashtirish masalalari, hamda xodimlarning texnologik kompetensiyalarini rivojlantirish yuzasidan muhokamalar bo'lib o'tdi.
SQBning xalqaro texnologik maydonda ishtiroki bankning AI va raqamli transformatsiya sohasidagi amaliy tajribasini global miqyosda taqdim etish imkonini berdi.