SQB School da "mahalla bankirlari" uchun o'quv dasturi yakunlandi

Bugun SQB School o'quv maydonida BXO/BXM boshqaruvchi o'rinbosarlari (davlat dasturlari bo'yicha) hamda "mahalla bankirlari" uchun tashkil etilgan olti kunlik o'quv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Dastur davomida uch guruhda ta'lim tashkil etilib, mamlakatning barcha hududlaridan qariyb 200 nafar "mahalla bankiri" o'qitildi.
Mashg'ulotlar davomida ishtirokchilar kredit mahsulotlarining turlari, ularning shartlari va afzalliklari, mijozlar bilan samarali ishlash yondashuvlari, davlat dasturlarini amalga oshirishning dolzarb masalalari hamda amaliy tajriba almashish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini mustahkamladilar.
Dastur doirasida Bankning Sun'iy intellekt departamenti tomonidan alohida o'quv sessiyasi ham tashkil etildi. Unda ishtirokchilar aynan "Mahalla bankiri" loyihasi uchun ishlab chiqilgan yangi AI tizimidan amaliy foydalanish imkoniyatlari bilan tanishdilar, tizimning funksiyalari namoyish etildi hamda uning kelgusidagi rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Bunday ta'lim dasturlari xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni ish jarayonlariga joriy etish hamda Bank mijozlariga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.