SQB School da yangi ta'lim loyihasi boshlandi: maktab o'quvchilari uchun sun'iy intellekt kursi

Maktab o'quvchilari uchun sun'iy intellekt - SQB School da yangi ta'lim loyihasi boshlanmoqda! SQB School o'quv makonida 10-11-sinf o'quvchilari uchun sun'iy intellekt vositalaridan amaliy foydalanishga bag'ishlangan bepul ta'lim dasturi ishga tushirilmoqda. Mashg'ulotlar har juma kuni bo'lib o'tadi va ularni Bankning Sun'iy intellekt departamenti mutaxassislari olib boradilar. Ishtirokchilarni zamonaviy AI-vositalar bilan tanishuv, amaliy topshiriqlar hamda bugungi kunda o'qishda va bo'lajak kasbiy faoliyatda talab qilinayotgan ko'nikmalarni egallash imkoniyati kutmoqda. Agar sizning 10-11-sinflarda o'qiyotgan farzandlaringiz, ukalaringiz yoki singillaringiz, qarindoshlaringiz yoxud tanishlaringiz bo'lsa, ularni ushbu dasturda ishtirok etishga taklif qilamiz!