SQB va Huawei sun'iy intellekt sohasida strategik hamkorlikni kengaytiradi

O'zsanoatqurilishbank (SQB) hamda Huawei kompaniyasi sun'iy intellekt, raqamli texnologiyalar va bank infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha O'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjat innovatsion yechimlarni joriy etish va raqamli transformatsiyani yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.
Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat va moliya xizmatlarini raqamlashtirish hamda AI texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik ana shu vazifalar ijrosiga xizmat qiladi.
Memorandum doirasida:
🔹 intellektual bank yechimlarini ishlab chiqish;
🔹 yuqori samarali hisoblash infratuzilmasini rivojlantirish;
🔹 bank jarayonlari samaradorligini oshirish;
🔹 AI asosidagi yangi raqamli xizmatlarni joriy etish;
🔹 xalqaro tajriba va ilg'or texnologiyalarni tatbiq etish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
"Huawei Uzbekistan" direktori Tan Sayosyanning ta'kidlashicha, SQB raqamli rivojlanish, mijozlar tajribasini yaxshilash va intellektual yechimlarni keng qo'llash bo'yicha faol ish olib bormoqda. Bu esa Huawei'ning AI texnologiyalari orqali yangi qiymat yaratish strategiyasiga to'liq mos keladi.
SQB Sun'iy intellekt bo'yicha bosh direktori Sergey Kozlovga ko'ra, mazkur kelishuv bankka ilg'or texnologiyalar va xalqaro ekspert bilimlarini jalb qilish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda yangi intellektual mahsulotlarni ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.