SQB: aholi uchun qulay va zamonaviy xizmatlar - "O'zbekiston 24" telekanalida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Joriy yil 22-iyul kuni "O'zbekiston 24" telekanalida "O'zsanoatqurilishbank: raqamli innovatsiyalar va zamonaviy bank xizmatlari" mavzusida jonli matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida bank-moliya tizimini isloh qilish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi uchun zamonaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Matbuot anjumanida ana shu islohotlar natijasida SQBda joriy etilayotgan yangi raqamli yechimlar, zamonaviy xizmatlar va erishilgan natijalar taqdim etildi.
Aholi uchun yangi imkoniyatlar
🔹 Ipoteka kreditlari chakana kreditlar portfelining qariyb 70 foizini tashkil etdi.
🔹 Tayyor uy-joy, yangi qurilgan xonadon hamda qurilish bosqichidagi ko'p kvartirali uylardan ulush asosida xonadon xarid qilish uchun 1,5 mlrd so'mgacha, 20 yilgacha muddatli ipoteka mahsulotlari taklif etilmoqda.
🔹 Avtokreditlar portfeli yil boshidan 51 foizga o'sdi. "UzAuto Motors" bilan hamkorlikdagi yangi mahsulot hisobidan ajratilgan mablag'lar 9 barobarga oshdi.
🔹 Ta'lim kreditlari bo'yicha bankning bozor ulushi 8 foizga yetdi.
SQB Mobile - raqamli xizmatlar yangi bosqichda
👥 3,2 mln+ foydalanuvchi
💳 19,8 mln operatsiya
💰 12 trln so'mdan ortiq to'lovlar
⚡️ Onlayn mikroqarzlar hajmi 70 foizga oshdi.
Sun'iy intellekt va raqamli transformatsiya
🔹 SQBda yagona AI-platforma shakllantirilmoqda, giperpersonalizatsiyalangan xizmatlar joriy etilmoqda hamda "Future Banker" dasturi orqali xodimlarning AI ko'nikmalari rivojlantirilmoqda.
🔹 Barcha AI yechimlari axborot xavfsizligi, ma'lumotlar maxfiyligi va raqamli suverenitet talablari asosida tatbiq etilmoqda.
Shuningdek, matbuot anjumanida raqamli xizmatlar xavfsizligini kuchaytirish, Premium Banking yo'nalishidagi yangi xizmatlar va mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma'lumot berildi.