Yangilanish

"Texno-choy": SQB sun'iy intellekt va bank texnologiyalari bo'yicha ochiq muloqotni boshladi

25 sentyabr 2026
"Texno-choy": SQB sun'iy intellekt va bank texnologiyalari bo'yicha ochiq muloqotni boshladi

"AI-pilotlardan sanoat AI'iga: O'zbekiston banklarida amalda nima ishlayapti?" mavzusidagi uchrashuvda bank sektorida sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish tajribasi muhokama qilindi.

Muloqot davomida quyidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi:

🔹 AI asosidagi amaliy loyihalar va ularning dastlabki natijalari;

🔹 banklarda ma'lumotlardan samarali foydalanish imkoniyatlari;

🔹 texnologik kompaniyalar va ekspertlarning tajribasi;

🔹 bank sektorida qo'llanilayotgan zamonaviy texnologik yechimlar.

Tadbir ochiq muloqot formatida tashkil etilib, ishtirokchilar o'z tajribalari, qarashlari va yangi g'oyalari bilan o'rtoqlashdilar.

"Texno-choy" — zamonaviy texnologiyalarni muhokama qilish, tajriba almashish va yangi hamkorlik g'oyalarini shakllantirish uchun ochiq maydon.