Yangilanish
"SQB AI LEADERS: PROMPT ENGINEERING"
22 may 2026

Bugun SQB AI LEADERS loyihasi doirasida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Tadbirda SQB AI Department xodimasi Valeriya Zanina prompt engineering mavzusida chiqish qildi. Uchrashuvda banklar departamentlari xodimlari va AI Leaderlar ishtirok etdi. Chiqish davomida sun'iy intellekt modellari bilan samarali ishlash usullari, to'g'ri so'rovlar (promptlar) tuzish tamoyillari va ularni kundalik ish jarayonlarida qo'llash bo'yicha amaliy yondashuvlar muhokama qilindi. SQB AI LEADERS loyihasi xodimlarning sun'iy intellekt sohasidagi kompetensiyalarini oshirish hamda bank ichida AI-madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus bo'lib qolmoqda.