E'lon

Yoshlar salohiyati va innovatsiya — ustuvor yo'nalish

18 mart 2026
Yoshlar salohiyati va innovatsiya — ustuvor yo'nalish

Davlatimiz rahbari o'tgan yilda yoshlar bilan ochiq muloqotida axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt yo'nalishlari kelajak taraqqiyotining asosiy omillaridan biri ekanini ta'kidlab, yoshlarni ushbu sohalarda qo'llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida belgilab berdi.

Shu maqsadda O'zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik izchil kengaytirilmoqda. Xususan, Bank va Turin politexnika universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik doirasida: IT va sun'iy intellekt yo'nalishlarida qo'shma loyihalar amalga oshiriladi; iqtidorli talabalar bankning raqamli tashabbuslariga jalb etiladi; talabalar amaliy faoliyatga tizimli jalb qilinadi; istiqbolli IT mutaxassislar zaxirasi shakllantiriladi.

Mazkur hamkorlik yoshlarning kasbiy rivoji va zamonaviy bilimlarni egallashi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

SQB akademik hamjamiyat bilan hamkorlikni davom ettirib, yoshlarning innovatsion salohiyatini ro'yobga chiqarishga alohida e'tibor qaratadi. SQB — yoshlar bilan birga kelajakni bunyod etadi!