SQB AI Advisor — g'oyani daqiqalarda real biznesga aylantiring

G'oya bor, lekin biznesni qanday va qayerdan boshlashni bilmaysizmi? Endi bu muammo emas.
SQB tomonidan ishlab chiqilgan SQB AI Maslahatchi'si — g'oyani bir necha daqiqada real biznesga aylantiradigan raqamli yechim. Siz faqat g'oyani kiritasiz — qolganini tizim amalga oshiradi: tajribangiz va imkoniyatlaringizni tahlil qiladi, hududingizdagi bozor ehtiyojlarini o'rganadi va eng maqbul biznes yo'nalishini aniqlaydi.
Hozirda sinov tariqasida Buxoro viloyati G'ijduvon hamda Shofirkon tumanlari misolida ishga tushirildi.
5–10 daqiqada: tayyor biznes-reja, zarur moliyaviy resurslar hajmi, loyihaning o'zini oqlash muddati va qadamma-qadam amaliy reja. Eng muhim jihati — platformaning o'zidayoq mos kreditni tanlab, onlayn tarzda moliyalashtirish uchun ariza yuborish imkoniyati ham yaratilmoqda.
Endi uzoq o'ylash shart emas, tavakkal qarorlar yo'q — faqat aniq reja va harakat. SQB — kelajakni birga yaratamiz.