Yangilanish

SQB AI Hackathon: raqamli kelajak va innovatsion yechimlar markazida

25 aprel 2026
SQB AI Hackathon: raqamli kelajak va innovatsion yechimlar markazida

Davlatimiz rahbari tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida SQB va Yangi O'zbekiston universiteti hamkorligida "AI Hackathon" tashkil etildi.

Ushbu tashabbus yosh dasturchilar va startap jamoalarni bank-moliya sohasidagi real muammolarga innovatsion yechimlar topishga jalb etib, yangi ish o'rinlari yaratish hamda zamonaviy kasbiy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda bank SI imkoniyatlaridan foydalangan holda xizmatlarni soddalashtirish va mijozlar ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish orqali shaxsiylashtirilgan takliflarni taqdim etishga alohida e'tibor qaratmoqda.

Hackathon yakunlariga ko'ra: 1-o'rin — tadbirkorlar uchun hududiy tahlilga asoslangan qaror qabul qilish platformasi; 2-o'rin — bankomatlar tarmog'ini optimallashtirish, naqd pul aylanishi va inkassatsiya logistikasini samarali tashkil etish loyihasi; 3-o'rin — hududlarda raqobat va talab tahlili asosida yangi biznes yo'nalishlarini tavsiya qiluvchi yechim.

Bu kabi intilishlar SQB'ni nafaqat moliyaviy muassasa, balki mamlakatimizning ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalar markaziga aylantirish yo'lidagi muhim qadamdir.