E'lon

Mahalla Bankiri

23 iyun 2026
Mahalla Bankiri

SQB raqamli platformasi doirasida «Mahalla Bankiri» moduli ishga tushirildi. U mahalla bankirlariga sun'iy intellekt yordamida tadbirkorlarga xizmat ko'rsatish va o'z samaradorligini kuzatish imkonini beradi.

Modul tadbirkorning biznes g'oyasini AI orqali tahlil qiladi — kredit skoringi, tavsiyalar va tayyor biznes-reja shakllantiradi — hamda bu tahlilni bir necha daqiqada kredit arizasiga aylantiradi. Shu bilan birga, har bir bankir faoliyati reja/fakt, bandlik va 0–100 ball asosida real vaqtda baholanadi.

Loyihaning maqsadi — kredit jarayonini tezlashtirish, qarorlarni asoslantirish va bankirlar samaradorligini shaffof o'lchashdir. Tizim 200+ tuman va MFY ma'lumotlari bilan integratsiyalangan, nazorat esa bankir, respublika va hududiy kuzatuvchilar darajalarida tashkil etilgan.