Yangilanish

“KEY TECH: AI Summit 2026”

30 aprel 2026
“KEY TECH: AI Summit 2026”

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan “KEY TECH: AI Summit 2026” tadbirida SQB’ning Sunʼiy intellekt boʻyicha bosh direktori Sergey Kozlov bankdagi su'niy inttellekt (AI) transformatsiyasi boʻyicha taqdimot qildi. Unda: – AI asosida kredit skoring; – risk-menejmentni avtomatlashtirish; – mijozlarga moslashtirilgan raqamli xizmatlar kabi amaliy yechimlar taqdim etildi. Sammit ekspertlar, startap asoschilari hamda biznes yetakchilarini birlashtirib, AI’ning riteyl, e-commerce va fintex sohalaridagi istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim platformaga aylandi. SQB uchun bunday xalqaro maydonlarda ishtirok – bankda amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiyani global darajada namoyon etish imkoniyatidir.