Yangilanish

"Global Customer Choice Index 2026": SQB — O'zbekistondagi eng yaxshi mijozlar tajribasiga ega bank

12 iyun 2026
"Global Customer Choice Index 2026": SQB — O'zbekistondagi eng yaxshi mijozlar tajribasiga ega bank

"Global Customer Choice Index 2026" xalqaro tadqiqoti natijalariga ko'ra, SQB mamlakat moliya tashkilotlari orasida eng yuqori natijani qayd etib, onlayn va oflayn kanallarda eng yaxshi umumiy mijozlar tajribasini taqdim etuvchi bank deb topildi.

🔍 Tadqiqotda quyidagilar ishtirok etdi

  • 26 ta oflayn tarmoqqa ega tijorat banki
  • 6 ta onlayn bank
  • 2 ta to'lov tizimi Baholash mustaqil "sirli xaridor" metodologiyasi asosida amalga oshirilib, filiallar, raqamli xizmatlar, Aloqa markazi, servis sifati, murojaatlarni hal qilish samaradorligi va boshqa muhim yo'nalishlar qamrab olindi. SQB quyidagi yo'nalishlarda yuqori baholandi:

🔹 Zamonaviy xizmat ko'rsatish muhiti

🔹 Texnologik va qulay jarayonlar

🔹 Mijozga individual yondashuv

🔹 Murojaatlarni tezkor hal etish

🔹 Barcha kanallarda yagona servis standarti Ushbu natija SQB tomonidan xizmat ko'rsatish sifati, raqamli transformatsiya va mijozlarga yo'naltirilgan yondashuvni izchil rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar samarasining yana bir tasdig'i bo'ldi. 📌 Interise Group — mijozlar tajribasi va servis sifatini baholash sohasida 19 yillik tajribaga ega xalqaro tadqiqot kompaniyasi bo'lib, 10 mamlakatda 264 kompaniya ishtirokida tadqiqotlar o'tkazgan va 5 000 dan ortiq "sirli xaridor" tashriflarini amalga oshirgan.