Yangilanish

«Yoshlar kuni: AI Hackaton g‘oliblari bilan uchrashuv»

4 iyun 2026
«Yoshlar kuni: AI Hackaton g‘oliblari bilan uchrashuv»

Yoshlar kuni munosabati bilan 4-iyun kuni “AI Hackaton 2026” g‘oliblari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida yosh ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar yana bir bor ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida g‘oliblar o‘z g‘oyalari va yechimlarini taqdim etib, mutaxassislar bilan ochiq muloqot qildilar. Muhokamalar jarayonida loyihalarning amaliy ahamiyati, ularni rivojlantirish imkoniyatlari hamda real jarayonlarga joriy etish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Mazkur uchrashuv yoshlarning sun’iy intellekt sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.